Qashqadaryoda yer o‘z-o‘zidan yonib ketayotganiga izoh berildi
Kuni kech saytimizda Qashqadaryoda yer o‘z-o‘zidan yonib ketayotgani bo‘yicha xabar e’lon qilingandi.
Holat videosi o‘quvchilarimiz tomonidan Chiroqchi tumani, Abdujabbor qishlog‘ida olingan.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hodisa yuzasidan o‘z bayonotini e’lon qildi.
Aytilishicha, Chiroqchi tuman «Yangiqurilish» MFY, Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘i hududidagi yerdan chiqiayotgan tutun Chiroqchi tuman nazorat isnpeksiyasi inspektorlari, tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Hududgaz ta’minot tuman filiali xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib o‘chganligi va hozirda kunda taxminan 0,01 ga yer maydoni ustidan tutun chiqib atrofga badbo‘y hid tarqalayotganligi kuzatildi.
O‘rganish davomida ushbu qishloqda yashovchi oqsoqollar bu joy taxminan 50-70 yillar oldin chuqurlik joy bo‘lib, qamishzor bo‘lganligi va yillar o‘tib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganligi ta’kidlandi.
Ushbu holat bo‘yicha Geologiya sohasi mutaxassislarining o‘rganish o‘tkazib xulosalari taqdim qilingunga qadar, dastlabki xulosa yer ostidagi qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida ushbu holat yuzaga kelganligi bo‘yicha dastlabki xulosa qilindi, deyiladi boshqarma bayonotida.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter