Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Foto: SSV matbuot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Tulakov Ravshan Panjiyevich Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, 48 yoshli Ravshan Tulakov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limi vrachi, filialning umumiy masalalar buyicha direktor o‘rinbosari lavozimlarda ishlagan.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-13-noyabrdagi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida tizimdagi qator muammolar tanqidiy ko‘rib chiqilgan edi. Yangi rahbarga hududning tibbiy salohiyatini yuksaltirish, chekka qishloq joylariga malakali tibbiyot xodimlarini jalb qilish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini oshirish kabi qator muhim vazifalar yuklatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring