Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo hokimi barcha rahbarlarga 10 kun muhlat berdi

Qashqadaryo hokimi barcha rahbarlarga 10 kun muhlat berdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov viloyatdagi barcha hokimliklar, tashkilot va muassasalar hamda ishlab chiqarish korxonalari rahbarlariga 10 kun muhlat bergan.

Ma’lum qilinishicha, 25 dekabrga qadar barcha rahbarlar qo‘lostidagi xodimlarining joriy oy uchun ish haqlari, mukofot va rag‘batlantirish pullarini to‘liq to‘lab berishlari lozim.

«Biror soha qolmasligi kerak ish haqi bermagan. Prezidentimiz har daqiqani inson qadrini yuksaltirishga safarbar qilayotgan bir paytda hech bir fuqaroni uyida bayram tushkun kayfiyatda o‘tmasligi joiz. Ta’tilga chiqmasdan ishlagan xodimlarni ham qonun doirasida mukofotlash chorasini ko‘ringlar», degan hokim.

Shuningdek, viloyat hokimi har bir rahbar, tashabbuskor fuqaro va tadbirkor yon atrofidagi moddiy imkoniyati og‘ir oilalar holidan xabar olishi, kommunal sohalarda muammolar yuz bermasligi bo‘yicha ham topshiriq bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring