Qalbaki aviachiptani qanday aniqlash mumkin?
So‘nggi paytlarda soxta chiptalar ko‘payib ketgani sababli Uzbekistan Airways kompaniyasi haqiqiy chiptani qalbakisidan qanday farqlash mumkinligini eslatib o‘tgan.
Xabaringiz bo‘lsa, avvalroq Namanganda ana shunday soxta turfirma aniqlangan edi.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, haqiqiy aviachiptada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
- 13 ta sondan iborat va 250 raqami bilan boshlanadigan aviachiptaning unikal raqami;
- chipta berilgan agentlikning to‘liq manzili;
- chipta narxi, agentlik yig‘imi miqdori va chipta tarifi;
- ruxsat berilgan yuk miqdori;
- Uzbekistan Airways reysiga ro‘yxatga olish va samolyotga chiqish vaqtlari haqida eslatma.
Aviachiptalar haqiqiyligini kompaniya rasmiy sayti orqali tekshirib ko‘rish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter