Prokuror hokim etib tayinlandi
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda tuman hokimi lavozimiga Turdaliyev Shamsiddin Asqaraliyevich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Turdaliyev Rishton tumani prokurori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Oltiariq tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Xolmirza Niyozov yaqinda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter