Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshqa lavozimga tasdiqlandi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshqa lavozimga tasdiqlandi

Nodir Sobirovich Otajonov.

Hukumat qarori (112-son, 28.02.2020-y.) bilan Nodir Sobirovich Otajonov «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruvining raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Ma’lumot uchun, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJning yagona aksiyadori — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020-yil 25-fevraldagi qaroriga muvofiq N.S.Otajonov jamiyat boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Nodir Otajonov 2019 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring