Prezident farmoni e’lon qilindi
D.A.Xidoyatovni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Davron Xidoyatov Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter