Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi

Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmon matni «O‘zA»da keltirilgan. 

Unga ko‘ra, prezident administratsiyasi huzurida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari negizida Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari tuzildi.

Farmon bilan shuningdek, quyidagilar tashkil etildi:

-Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

- Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi.

Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi:

-Agentlikka idoraviy mansub nashriyotlar va matbaa korxonalarining mahsulotlarini sotishdan tushadigan sof tushumning 10 foizi miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalardan shakllantiriladigan mablag‘lar;

- O‘zbekiston Davlat budjetidan 20 milliard so‘m miqdorida bir marta ajratiladigan mablag‘lar;

-Agentlik tomonidan ruxsatnoma tusidagi hujjatlar berganlik uchun davlat boji to‘lashdan tushadigan mablag‘lar;

- jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, O‘zbekiston norezidentlarining homiylik xayriyalari.

Agentlikning asosiy vazifasi, jumladan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish deya belgilangan.

Agentlik fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatishda mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Ilgari bu nazoratni Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi amalga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring