Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtni Jizzaxga ko‘chirishni taklif qilgan yozuvchi yangi taklif bilan chiqdi

Poytaxtni Jizzaxga ko‘chirishni taklif qilgan yozuvchi yangi taklif bilan chiqdi

Foto: «Uza.uz»

Yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) «Oltin o‘lka» essesida «O‘zbekiston iqtisodiy qudratining cho‘qqisiga chiqqan vaqtda» poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bergani xabar qilingandi.


Mavzuga oid: Mamadali Mahmudov: «Taqdir ekan, 17 yil «o‘tirdim». O‘sha joyda ham 3 ta roman yozdim» (video)


«O‘zA» essening navbatdagi qismini e’lon qildi. Unda yozuvchi yana bir taklif bilan chiqqan:

«...Aylanma yo‘ldan aylana-aylana buyuk Sharof Rashidov qurgan o‘qdek to‘g‘ri so‘qoqqa chiqdik. Buyuk Sharof Rashidov bu buyuk so‘qoqni ULUG‘ IPAK YO‘LI loyihasi asosida qurdirgan. Loyiha ochunolar Temurda saqlangan. Qonli parchalanishlar silsilasida u o‘z davrining yetuk insoni Fayzulla Xo‘ja qo‘liga o‘tgan. Ammo loyiha uning ikkinchi xotini Fotima (ozor qizi) xonimda (men bu xonimning Moskvadan unga uzoq bo‘lmagan uyida qo‘noq bo‘lganman) qoladi. Fotima xonim esa loyihani Sharof Rashidovga beradi.

Buyuk Sharof Rashidov olamshumul tarixga ega bo‘lgan so‘qoqni zamonaviy usulda qayta qurdiradi. Men bu ulug‘ so‘qoqqa shu ikki nomdan birini berilishni taklif qilaman: ULUG‘ IPAK YO‘LI, ShAROF RAShIDOV YO‘LI.

Negaki, Sharof Rashidov o‘z millati uchun buyuk xizmat qilgan shaxsdir. Uning mana bu ishlari ayniqsa beqiyosdir: Toshkent metrosi, Toshkent – Termiz yo‘li. Yana xalqni uyqudan uyg‘otuvchi: «Kashmir qo‘shig‘i»...», deb yozadi Mamadali Mahmudov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring