Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barno Sultonova

Ozodlik qo‘rquvning yuziga tik qaray olishdir.

Poytaxtda meva va sabzavotlarning chakana narxi 23 foizga o‘sdi, nega?

Poytaxtda meva va sabzavotlarning chakana narxi 23 foizga o‘sdi, nega?

Foto: «Zen.yandex.ru»

24-25-noyabr kunlari «East Fruit» jamoasi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston, Ukraina, Gruziya, Tojikiston va Moldovadagi supermarketlarning meva-sabzavot bo‘limlarining chakana tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri supermarketlardagi chakana narxlar bo‘yicha yetakchiga aylandi. «East Fruit» nashrida ta’kidlanishicha, agar O‘zbekistonda banan, mandarin va apelsin narxlarining yuqoriligiga dunyo okeanidan uzoqligi sabab bo‘lsa va ushbu mevalarni O‘zbekistonga yetkazib berish uchun logistika juda qimmat ekanligi bilan oqlansa, unda O‘zbekistonning o‘zida yetishtiriladigan uzumlar, kartoshka, lavlagi, issiqxonadagi bodring, pomidorlarning yuqori darajada qimmatliligi biroz hayratlanarli.

Albatta, biz O‘zbekiston aholisining mutlaq ko‘pchiligi sabzavot va mevalarni supermarketlardan emas, balki bozorlardan sotib olishlarini va u yerda ko‘pincha mevalarni arzonroq sotib olish mumkinligini tushunamiz, deyiladi maqolada. — Biroq, supermarketlarda meva-sabzavot savdosi yuqori sur’atlarda o‘sayotganini, bozorlarda yangi sabzavot va mevalarning savdosi doimiy ravishda kamayib borayotganini ko‘ramiz.

Aytgancha, Toshkent bizning yana bir reytingimizga peshqadam bo‘ldi — bu meva va sabzavotlar narxi bir yil ichida eng keskin ko‘tarilgan shaharga aylandi. 2019-yil noyabr oyi oxiriga nisbatan O‘zbekiston poytaxtida meva va sabzavotlarning chakana narxi o‘rtacha 23 foizga o‘sdi. Bundan tashqari, tahlil qilingan 14 ta mahsulotning 11 tasi qimmatlashdi va eng keskin ko‘tarilgan petrushka va arpabodiyon 70 foizga, shuningdek, karam va sabzi o‘rtacha 60 foizga ko‘tarildi. Olma narxi ikki barobardan ziyod, shuningdek, bir oz — 1-3 foizga arzonlashdi, banan va uzumlarning narxi tushdi.

Taqqoslash uchun, Toshkent aholisi har bir kilogramm mandarin uchun o‘rtacha 3,4 baravar, bodringning bir kilogrammi uchun 2,2 baravar va uzumga 56 foiz ko‘proq pul to‘lagan. Shuningdek, Toshkentda iste’molchi har bir kilogramm banan va lavlagi uchun Ukrainaning Dnepriga qaraganda 2,2 baravar ko‘p pul sarflagan.

Umuman olganda, shuni ham ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda uzum kabi an’anaviy mevalarni sotish mavsumini kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud, bu navlarning tarkibi va mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash texnologiyalari yangilangan taqdirda amalga oshiriladi. Bu, shuningdek, mahsulot narxini belgilashda uning iste’molini rag‘batlantiradigan mavsumiylikni tenglashtirishga olib keladi.

Bundan tashqari, mamlakat aholini meva va sabzavotlarning yuqori navlari bilan ta’minlash uchun mamlakat ichida samarali yetishtirilmaydigan ayrim turdagi mahsulotlarning importini soddalashtirish haqida o‘ylashi kerak. Shubhasiz, issiqxona biznesi uchun yaxshi istiqbollar mavjud bo‘lib, ular issiqxona sabzavotlarining ichki bozori va butun yil davomida eksporti uchun kerakli hajm va assortiment bilan ta’minlashi mumkin va ta’minlashi kerak. O‘zbekistonning chakana bozoriga yangi supermarketlar tarmog‘ining, shu jumladan, xorijiy va xalqaro tarmoqlarning kirib kelishi kutilayotgan raqobat darajasi va chakana savdo samaradorligini oshiradi, bu esa sabzavot va mevalar chakana narxlarining pasayishiga olib keladi. Bu, shuningdek, O‘zbekistonda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning sifat standartlarining oshishiga olib kelishi kerak, bu uning mamlakat ichkarisida sotilishi va eksport uchun sabzavot va mevalarni yetkazib berishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring