Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Popular Science»: insoniyat global viruslar xavfi ostida

«Popular Science»: insoniyat global viruslar xavfi ostida

«COVID-19» kelib chiqishi haqidagi farazlar juda noaniq. Epidemiologlar kasallik zoonozik sakrashdan oldin odamlarga, shuningdek pangolinlar, itlar, mushuklar, yo‘lbarslar, sherlarga yuqishidan oldin ko‘paygan deb hisoblashadi.

Biologlar va virusologlar turli xil jonzotlarning «SARS-CoV-2» kabi mikroblar bilan qanday ta’sir qilishini, sog‘liqni saqlash inqirozlari qanday paydo bo‘lishini tushunishlari kerak, deb yozdi «Popular Science». Odamlar dunyoning ko‘p qismini egallab olishlari bilan hayvonlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqdalar.

Eng katta xavf iqlim o‘zgarishi va Yerdan foydalanish hisoblanadi. Yerdan noto‘g‘ri foydalanishimiz, iqlimni turli xil kimyoviy moddalar bilan to‘yintirishimiz hayvonotda biologik o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita insoniyatga tahdid soladigan tabiatda mavjud bo‘lgan kashf qilinmagan viruslar mavjud. Ba’zilar dozaga, yoshga, mezbonning tug‘ma qarshiligiga va boshqa ko‘plab omillarga qarab, ayrim turlarda va odamlarda global o‘lim olib kelishi mumkin. Ammo umuman olganda, o‘lim holatlari odatiy hol emas, chunki patogenlar tirik qolish uchun sog‘lom hayvonga (kapalak, fil yoki qisqichbaqasimonlar) muhtojdir», - Kolorado shtati universiteti mikrobiologiya, immunologiya va patologiya kafedrasi professori deydi Charles Kalisher.

«Yovvoyi tabiat bilan aloqa darajamiz juda xilma-xil, ayniqsa, yashash joylariga tajovuz qilganimiz sabablidir. Virus tarqalishi biz bir xil maydonni baham ko‘rganimizda yoki ov qilish va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi bevosita aloqada bo‘lganimizda sodir bo‘lishi mumkin. Uy hayvonlari bilan faqat ularning chiqindilarini tozalash odamni zoonoz patogenlariga duchor qilishi mumkin. Bu jarayonda ham biz «uxlab yotgan» xavfli viruslarni qo‘zg‘atib yuborishimiz hech gap emas», - deb fikr bildirgan Kishana Teylor, Kaliforniya universiteti virusologi.

Baliqlarni sun’iy ko‘llarda ko‘proq boqa boshlagach, biz ulardan rabdovirus kabi yangi mikroblarni topamiz. Bu viruslar qon ketishini, kamqonlikni va virusli gemorragik septikemiya deb ataladigan kasalliklarni paydo qilishi va natijada bu viruslar insoniyatga zarar olib keladi. Bir oz yutuqlar bor, ammo yutuqlar asta-sekinlik bilan yuz beradi. Bu hali hammasi emas», - deydi Rodman Getchell, Kornell universiteti veterinariya tibbiyot kollejining ilmiy yordamchi professori.

Yuqori martabali olimlarning fikriga ko‘ra, Yer yuzi kashf etib borilgani sari yangi global viruslar xavfiga duchor bo‘laveramiz-bo‘laveramiz.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring