Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pochta rahbarlari o‘qitilmoqda

Pochta rahbarlari o‘qitilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Pochta oldida turgan masalalar yechimini topish hamda korporativ boshqaruvining ilg‘or uslublari bilan xodimlarni tanishtirish, milliy operatorning faoliyatini diversifikatsiya qilish yo‘llarini o‘rganish, kadrlar salohiyatini zamon talablari darajasiga moslashtirish maqsadida «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan Shahrisabz shahrida 2019-yil 4-6 yanvar kunlari «Zamonaviy pochta aloqasi sohasida marketingning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlantirish yo‘llari» mavzusidagi malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkazilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston pochtasi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘quv kursiga «O‘zbekiston pochtasi» AJning barcha viloyat filiallari, «Toshkent pochtamti», «Xalqaro pochtamt», «Xalqaro tezkor pochta», «Matbuot tarqatish» va «O‘zbekiston markasi» filiallari rahbarlari jalb etilgan. Ularga umumiy marketing, menejment, moliyani rejalashtirish va prognozlash, investitsion qarorlarni baholash, boshqaruv amaliyoti masalalariga oid seminar tashkil qilindi.

Ishtirokchilar nafaqat ma’ruzalarni tinglash bilan chegaralanadilar, balki mazkur o‘quv kursi ularga o‘ziga xos fikr va tajriba almashish platformasi imkoniyatini ham yaratib beradi.

O‘quv kursining nazariy qismi tugagach, Qashqadaryo viloyati tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamalari va aloqa bo‘limlarida pochta aloqasi xizmatlarining ko‘rsatilishi bo‘yicha amaliy tajriba almashish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring