Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Hukumat qaroriga muvofiq Medet Abdimuratovich Tleuov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash mazkur Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter