Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkent ziyoratgohidagi shirk amallar to‘xtatildi

Parkent ziyoratgohidagi shirk amallar to‘xtatildi

Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi «Zarkent bobo» ziyoratgohida qabr tavof qilinayotgani, ustunlar o‘pilayotgani, zinalarga bosh qo‘yib, sajda etilayotgani kabi shirk holatlar tasvirga olingan video tarqalgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani imom-xatiblari tomonidan ziyoratgohda kuzatilgan dinimizga zid amallarni bartaraf etish choralari ko‘rildi va u yerdagi holat doimiy nazoratga olindi. Ushbu tuman imom-xatiblari tomonidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi idora matbuot xizmati.

Shuningdek, Islom dinida bayon etilgan ziyorat odoblari aks etgan peshlavhalarni idora tasarrufida bo‘lmagan qadamjolarga ham joylashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlari Diniy idora tashabbusi boshlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi shu kabi o‘z tasarrufida bo‘lmagan ziyoratgohlarning mas’ullarini mana shunday ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelishining oldini olish, ziyorat odoblarini tushuntirish borasida hamkorlikka doim tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring