O‘zbekistonda oziq-ovqat importi oshib boryapti
Mamlakat aholisi har yili 600 mingdan ko‘p oshmoqda, lekin oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sayotgan talabni qondira olmayapti. Buning oqibatida asosiy turdagi oziq-ovqatlar importi oshmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan videoselektorda aynan shu masaladagi muammolar ko‘tarildi. Davlat rahbari oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish oshib ketganini alohida ta’kidladi.
Jumladan, mol go‘shti importi 2017 yilda 87 tonnadan 2020 yilga kelib 22 ming tonnagacha oshgan. Shuningdek, tovuq go‘shti (12 ming tonnadan 31 ming tonnagacha), kartoshka (215 ming tonnadan 435 ming tonnagacha), o‘simlik yog‘i importi (100 ming tonnadan 210 ming tonnagacha) ko‘tarilgan.
«Ilgari chorvachilikni egasi yo‘q edi. Bu sohani Veterinariya qo‘mitasi (Norqobilov)ga berib, uning tarkibida alohida Agentlik tashkil qilindi. So‘nggi 3 yilda sohaga 350 million dollarga yaqin imtiyozli mablag‘lar jalb etildi.
Lekin, hozirgi natijalar odamlarimizni qoniqtirmaydi. Ikkinchi yarim yillikda 1,5 million tonna go‘sht, 6,5 million tonna sut, 5 milliard dona tuxum, 364 ming tonna baliq, 6 ming tonna jun, 262 ming dona qorako‘l, 785 tonna pilla ishlab chiqarish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter