Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda alkogolizmni davolaydigan yangi preparat ixtiro qilindi

O‘zbekistonda alkogolizmni davolaydigan yangi preparat ixtiro qilindi

Foto: «kozlovdmitrii.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademik S.Yunusov nomli O‘simlik moddalari kimyosi institutining bir qator mutaxassislari tomonidan xronik alkogolizmni davolash uchun farmatsevtik kompozitsiya ishlab chiqildi.

Ushbu ixtiro alkogolga nisbatan patologik moyillikni turg‘un bartaraf etadigan, alkogol man qilinganida, abstinensiya hodisalarini yengillashtiradigan, simptomatik terapiya uchun har xil farmakoterapevtik guruhlarga mansub preparatlarning xususiyatlarini (sedativ-trankvilizatsiyalovchi, analgetik, nootrop) o‘zida jamlangan yangi preparat yaratish maqsadida qilingan.

Mualliflar guruhiga ushbu yaratilgan ixtirolari uchun IAP 05700 raqamli patent berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring