Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Turkiya poytaxtlarini bog‘lovchi aviareys narxi ma’lum qilindi

O‘zbekiston va Turkiya poytaxtlarini bog‘lovchi aviareys narxi ma’lum qilindi

Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi 17 apreldan Anqara–Toshkent–Anqara yo‘nalishida qatnovni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur aviashirkat chiptalari narxi Toshkent – Anqara yo‘nalishida 2,4 million, Anqara – Toshkent yo‘nalishida 1,7 million so‘mni tashkil qilmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi parvozlar haftada bir marta – dushanba kunlari Boeing 737−800 uchog‘ida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Turkiya poytaxtini bog‘lovchi reyslarning qo‘yilishi ortidan turizm imkoniyatlari kengayishi va savdo aloqalarida yangi ufqlar ochilishi kutilmoqda.

Turkish Airlines huzurida 2008 yilda tashkil qilingan AnadoluJet aviatashuvchisi 77 ta samolyotga ega. Bosh qarorgohi Anqarada joylashgan shirkat 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Turkish Airlines shirkatining Toshkent – Istanbul yo‘nalishidagi chiptalari bahosi 2,8 million, Istanbul – Toshkent reyslari uchun esa 4,7 million so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring