O‘zbekiston Qahramonining ahvoli haqida ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotovaning vafot etganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Lola Murotova ayni paytda viloyat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida og‘ir stabil ahvolda bo‘lib, Respublikamizning tajribali shifokorlari tomonidan kerakli muolajalar olib borilmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova qattiq betob bo‘lib qolgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter