Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Lola Murotova haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev Lola Murotova haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovani xotirladi:

«Men Lolaxon opani ko‘p yillardan buyon juda yaxshi bilar edim. Oxirgi paytlarda betob bo‘lib, davolanayotgan edilar. Biz u kishi bilan doimo gaplashib, samimiy muloqot qilar edik. Xastaliklariga qaramasdan, har doim ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib, el-yurt tashvishi, o‘z kasbiga sadoqat bilan yashadilar. Halol va fidokorona mehnatdan bir daqiqa ham to‘xtamadilar.

Lolaxon opa hayoti davomida juda ko‘p qiyinchilik va sinovlarni boshidan o‘tkazdilar. Mustahkam irodasi va matonatini namoyon etib, faqat oldinga intilib yashadilar. Opaning ulkan g‘ayrat va shijoatiga qoyil qolardim.

Haqiqiy o‘zbek dehqon ayoli timsoliga aylanib, davrimizning chinakam qahramoni sifatida yashadilar.

Ishonchim komil, Lolaxon opa yaratgan katta maktabni u kishining shogirdlari, o‘nib-o‘sib kelayotgan yoshlarimiz albatta munosib davom ettiradi. Bu fidoyi va vatanparvar yurtdoshimizning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova 30 may kuni vafot etgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring