Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston pochtasi» kurerlik xizmati 5000 so‘mga jo‘natmani adresatga yetkazib beradi

«O‘zbekiston pochtasi» kurerlik xizmati 5000 so‘mga jo‘natmani adresatga yetkazib beradi

Foto: «pochta.uz»

«O‘zbekiston pochtasi» AJ 2018-yil 1-maydan Nukus shahri, barcha viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida kurerlik pochta xizmati takomillashtirilishini ma’lum qildi.

«Bizning asosiy vazifamiz – mijozlarga qimmatli vaqtlarini tejashga sharoit yaratib berish va ularning xohishi va talablariga muvofiq hujjatlar, xat-xabarlar va boshqa pochta jo‘natmalarini belgilab berilgan manzilga qisqa muddatda etkazib berishdan iborat», deyiladi tarqatilgan xabarda.

Joriy yil davomida «O‘zbekiston pochtasi» AJ shaharlar va tumanlar pochta aloqasi ob’yektlarida ham kurerlik xizmati ko‘rsatishni rejalashtirgan.

Kurerlik pochtasi orqali belgilangan tarif qiymatida turli hujjatlar, ish qog‘ozlari va xalq iste’moli mollarini jo‘natishga keng sharoitlar yaratilgan.

Mijozlar xohishi bilan kurerlik jo‘natmalarining (posilka, banderol, mayda paketlar) o‘rab berilishi hamda kuzatuv hujjatlari va blankalarini rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Kurerlik xizmati tariflari miqdori aholi uchun hamyonboр qilib belgilangan. Jumladan, respublika hududida kurerlik xizmatidan foydalanilganda xizmat haqi har bir chaqiruv uchun 5000 so‘m, har bir jo‘natmani adresatga yetkazib berish uchun 5000 so‘m etib belgilangan (shartnoma asosida ko‘rsatilayotgan kurerlik xizmatlari bundan mustasno).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring