«O‘zbekiston pochtasi» 3 tonnagacha bo‘lgan yuklarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi
«O‘zbekiston pochtasi» AJ joriy yilning 1-iyun sanasidan respublika hududida bo‘ylab 3 tonnagacha bo‘lgan yuklarni qabul qilish, tashish va pochta aloqasi ob’yektlarigacha yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yangi xizmat orqali yuklar tezkor va ishonchli tarzda, hamyonbop tariflarda respublikamizning barcha hududlariga yetkazib beriladi. Yuborilayotgan yuklarning butunligi va belgilangan qisqa muddatlarda yetkazib berilishiga kafolat berilmoqda.
Shuningdek, tariflar haqidagi to‘liq ma’lumotni «O‘zbekiston pochtasi» AJning veb-sayti yoki rasmiy feysbuk sahifasi orqali olish mumkinligi xabar qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter