O‘tkir Hoshimov nima uchun maymunlarga havas qilgan edi?
«Rossiya televizorida kino ko‘rsatdi, O‘ttiz yettinchi yil qatag‘oni haqida. Qora plash kiyganlar bir bechorani ikki qo‘ltig‘idan olib,ko‘cha boshida turgan qora mashinaga sudrab ketyapti. Eshik oldida uning ayoli emizikli bolasini bag‘riga bosib,unsiz yig‘layati.
Besh-olti yoshlardagi bolakay «dada, dadajon» deganicha otasining ketidan chopib borayapti. Ko‘chaning u yuzida odamlar turibdi. Birining ko‘zida qo‘rquv,birinikida o‘kinch, yana biri loqayd qarab turibdi. Birovi esa labini istehzoli burib, xudbinona iljayadi («xalq dushmani»ni «kerakli joyga» chaqqan «siyosiy xushyor» kimsa).
Oradan ancha o‘tib, yana o‘sha televizorda «Hayvonot olami» ko‘rsatuvini ko‘rdim. Yo‘lbars daraxtning pastki shohida banan yeb o‘tirgan maymunga tashlanib qoldi. Maymuncha jon achchig‘ida chiyilladi. Shunda g‘alati holat ro‘y berdi. Past-baland daraxtlardan o‘nlab maymunlar shiddat bilan tushib, yo‘lbarsga tashlanishdi. Maymunlar bor ovozda shovqin ko‘tarib, mo‘r-malaxdek yopirildi. Biri tishladi,biri yumdaladi. Zabardast bir maymun esa yo‘g‘on xarini olib, yo‘lbarsning boshiga chunonam tushirdiki, yo‘lbars dumini qisgancha qochib qoldi…
…Maymunlarga havasim kelib ketdi».
O‘tkir Hoshimov, «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter