Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tkir Hoshimovning merosxo‘ri sudda yutib chiqdi

O‘tkir Hoshimovning merosxo‘ri sudda yutib chiqdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning merosxo‘ri F.Hoshimov muallifning asarlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida adliya organlariga murojaat qilgan. Bu haqda Intellektual mulk departamenti xabar bermoqda, deydi @bahodirahmedoff kanali.

Adliya organlari tomonidan O‘.Hoshimov asarlaridan merosxo‘rning ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalangan «Z.K.» nomli nashriyotning mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan va tegishli sud tomonidan jarima jazosini tayinlangan. Bundan tashqari, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi uchun BHMning 20 baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

Shunga muvofiq, da’vogar F.Hoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini kiritgan edi. Natijada sud da’vogar F.Hoshimov foydasiga «Z.K.» nashriyotining mansabdor shaxsiga nisbatan 12 million 500 ming so‘m miqdorda tovon puli to‘lash lozimligi haqida qaror qabul qildi.

Ta’kidlash lozimki, merosxo‘r F.Hoshimov muallifligidagi asarlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish hamda huquqbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlarida yozuvchi O‘.Hoshimov asarlarining kontrafakt nusxalarini sotayotgan shaxslarga nisbat tegishli taqdimnomalar kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring