Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tkir Hoshimovning umr yo‘ldoshi O‘lmasxon aya vafot etdi

O‘tkir Hoshimovning umr yo‘ldoshi O‘lmasxon aya vafot etdi

Bugun taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning umr yo‘ldoshi O‘lmasxon aya vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘lmasxon Hoshimova xalq maorifi a’lochisi, I darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibasi edi. 

Ma’lumot uchun, mashhur yozuvchi O‘tkir Hoshimov bundan 9 yil avval, 2013-yilda vafot etgan edi.

Xabar.uz jamoasi O‘lmasxon ayaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring