Otabek Nazirov yangi lavozimga tayinlandi
![Otabek Nazirov yangi lavozimga tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2207128586.jpg)
Otabek Nazirov
Otabek Nazirov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi Bosh direktori etib tayinlandi.
Ushbu Jamg‘arma raqobatbardosh mahalliy kompaniyalarga investitsiyalar kiritish, shuningdek, xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro foydali sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.
Jamg‘armaning asoschisi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisoblanadi, faoliyati esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Nazirov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1998 yilda makroiqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha AQShdagi Nyu-York davlat universitetini tamomlagan. U investitsiya sohasida katta tajribaga ega, AQShdagi Goldman Sachs va JPMorgan Chase, Rossiyadagi Troyka Dialog va MDM-Bank kabi yirik moliyaviy va investitsiya kompaniyalarida, shuningdek, London shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida ishlagan.
U O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 2018 yilda innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimida boshlagan, keyinchalik Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2019 yilning yanvar oyidan buyon Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter