Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar yurak uchun eng foydali mevani aytishdi

Olimlar yurak uchun eng foydali mevani aytishdi

Foto: «Shutterstock»

Turli xil tibbiyot institutlari olimlari tadqiqotlarining natijasida yurak uchun eng foydali meva aniqlandi deb yozadi «News-medical.net» nashri.

Shifokorlar qora qorag‘at mevasining foydali tomonlari haqida gapirishdi. Ushbu meva antioksidant va polifenollarga boy bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda yaxshi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari qora qorag‘at mevasi inson organizmidagi glyukozaning olinishi va qayta ishlash jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Yuqorida keltirilgan meva yallig‘lanish jarayonlarini yo‘qotib, inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xolesterolli hujayralar paydo bo‘lishini kechiktiradi.

Shuning barobarida, shifokorlar kuniga bir choy stakanidan ko‘p meva iste’mol qilmaslikni tavsiya qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring