Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olim Yerni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan osmon jismi haqida gapirdi

Olim Yerni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan osmon jismi haqida gapirdi

Bir kilometr kattalikdagi osmon jismlari Yerni yo‘q qilishga qodir bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti direktori, Fanlar akademiyasi a’zosi Anatoliy Petrukovich Ura.ru nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Yirik samoviy jismlar, masalan, Tunguska meteoriti har yuz yilda bir marta Yerga tushadi. Agar asteroidlar tufayli sayyoraga halokatli ta’sirlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu million yilda bir marta sodir bo‘ladi. Bunday yirik jismlar uzoqdan ko‘rinadi, biz ularning orbitalarini oldindan hisoblab, Yerga qanchalik yaqinligini aniqlashimiz mumkin», — degan olim.

Shuningdek, u har yili Yerga bir nechta kichik meteoritlar tushishi haqida ham ta’kidlab o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, meteoridlar aholi punktlariga emas, balki ko‘pincha okeanga tushadi, chunki ular sayyoramizning uchdan ikki qismini egallaydi.

Shternberg Astronomiya instituti tadqiqotchisi Vladimir Surdinning qo‘shimcha qilishicha, kichik o‘lchamlari tufayli ularni Yerga tushishidan bir necha soat oldin aniqlanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring