Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kubaga meteorit tushdi va portladi

Kubaga meteorit tushdi va portladi

Kubalik seysmologlar orolning sharqiga meteorit tushganini va portlash sodir bo‘lganini qayd etishdi, deb xabar berdi Cubadebate nashri.

«22.06 da Moa seysmologik stansiyasi osmonda bir nechta yorug‘lik hodisalarini qayd etdi. Voqea guvohlariga ko‘ra, qizil va oq yorug‘lik qayd etilgan, so‘ngra kuchli portlash sodir bo‘lgan», deyiladi gazeta veb-saytida.

Milliy seysmologik tadqiqot rahbari Enrike Arango Arias haqiqatda meteorit tushgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan.

«Datchiklarning ko‘rsatkichlariga qaraganda, bu yerda sodir bo‘ladigan odatiy portlash emas edi, ammo shunday xususiyatlarga ega hodisa bo‘lgani uchun bizning uskunalarimiz zarba to‘lqinini qayd etdi», — deydi ekspert.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring