Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyiga meteorit tushgan tobutsoz millionerga aylandi (Foto)

Uyiga meteorit tushgan tobutsoz millionerga aylandi (Foto)

Foto: «The Sun»

Indoneziyalik 33 yoshli Joshua Xutagalung uyiga meteorit tushgandan so‘ng boyib ketdi, deya xabar berdi «The Sun» gazetasi.

Og‘irligi 2,2 kg, kattaligi futbol to‘piday keladigan meteorit ayvonining tomini teshib o‘tganida tobutsozlik bilan kun ko‘ruvchi odam hovlisida ishlayotgandi.

«Hammayoq taraq-turuq bo‘lib ketganida tashqarida ishlayotgandim. Uyim xuddi ustiga daraxt qulab tushganday bir silkinib oldi. Meteorit issiqqina edi. Xotinim bilan birga uni ketmon bilan kovlab oldik», — deydi Joshua.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu qimmatbaho osmon jismi ko‘pgina jumboqlarga yechim topib berishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, ushbu meteorit 4,5 mlrd yoshda. Ular toshni 1,8 mln dollarga baholashgan.

Joshua meteoritni kolleksionerga pulladi. Faqat qanchaga sotgani noma’lum. Biroq shunisi aniqki, meteorit uchun unga yaxshigina pul taklif qilishgan. Aytishlaricha, bu pulga u bemalol 30 yil nochorlik nimaligini bilmay yashashi mumkin ekan.

Tobutsozning uch nafar farzandi bor. Endi u pensiyaga chiqishni rejalashtiryapti. Joshua pulning bir qismini cherkov qurilishiga sarflashga va’da bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring