Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandning Paxtachi tumaniga meteorit tushdi…mi? (foto)

Samarqandning Paxtachi tumaniga meteorit tushdi…mi? (foto)

Foto: Xabar.uz

Samarqand viloyati Paxtachi tumani Toma qishlog‘ida yashovchi Bobur Iskandarovdan «Xabar.uz» tahririyatiga murojaat keldi. U o‘z tomorqasidan noma’lum jism topib olganini ma’lum qilgan. Biz ushbu holat yuzasidan Bobur Iskandarov bilan bog‘landik. Uning taxminiga ko‘ra ushbu jism meteorit bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

«Men ushbu jismni ekinlar orasidan topib oldim. Yerga 6-7 sm chuqurlikda botib ketgan ekan. Zudlik bilan mahalla faollaridan biriga olib borib ko‘rsatdim. Uning aytishicha, uchayotgan jism kelib bizning bog‘ga tushganini ko‘rishgan ekan. Nomalum jismni hech kimga ishonmasdan o‘zim bilan olib yuribman. O‘zim tanigan zargarlar qandaydir suyuqlikka solib tekshirib ko‘rdi, ular ham bu jism yerga tegishli modda emasligini taxmin qilishmoqda. To‘g‘risini aytsam, bu narsani mening bog‘imdan topilgan bo‘lishiga qaramasdan davlatga tegishli narsa ekanini bilaman. Faqat qayerga murojaat qilishni bilmayapman, qaysi tashkilot bu jismni o‘rganishini bilib bersangizlar bo‘lardi. Niyatim hech qanday obro‘ topish emas, yolg‘on gapirish istagim ham yo‘q. O‘ylaymanki, shu topilma haqiqatdan meteorit bo‘lagi bo‘lsa, O‘zbekiston uchun balki ahamiyatga molik voqea bo‘ladi», – deydi Iskandarov.

Uning qayd etishicha, bir guruh jurnalistlar kelib ushbu jismni suratga olib ketishgan. Hozirda tegishli idoralardan noma’lum jismni o‘rganishga doir takliflar tushmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring