Navoiyda 36 nafar mas’ul shaxs jazolandi
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va ko‘chatlar yaxshi parvarish qilinmagan holatlarni aniqladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil kuz va 2023 yil bahor mavsumi davomida Uchquduq tumanida 6 nafar, Karmana, Xatirchi, Konimex tumanlarida 5 nafardan, Qiziltepa tumanida 4 nafar, Navoiy va Zarafshon shaharlarida 3 nafardan, Nurota va Navbahor tumanlarida 2 nafardan hamda Tomdi tumanida 1 nafar mas’ul shaxs hududlarda ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qilmagan va sug‘ormagan.
Holatlar yuzasidan hududlardagi 36 nafar mas’ul shaxsga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ularga nisbatan jami 118 mln 500 ming so‘m miqdorda jarima belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter