«Nasaf» tezyurar poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi
11-sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida «Nasaf» tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020-yil 11-sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 4/3 sonli «Nasaf» tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd 11-sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.
Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter