Namanganda «SES», Sergelida «Mahalla» mansabdorlarining kirdikorlari ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari o‘zganing molini tuya qilgan mansabdorlar bilan bog‘liq ikkita holatni fosh etdi.
Eng og‘riqlisi, har ikki holatda ham pandemiya bilan bog‘liq murakkab vaziyatda mas’ullar o‘zgalarning emas, o‘z manfaatini ustun qo‘yganidadir. Xususan, Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari 275,9 mln so‘m bo‘lgan «gipoxloridkalsiy» dizenfeksiyalovchi vositalarni 524,8 mln so‘mga, ya’ni o‘rtacha bozor narxidan 248,9 mln so‘m qimmatga sotib olingani aniqlangan.
«Mahalla» xayriya jamoat fondi Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari esa umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan mablag‘larni go‘yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun sovg‘a, moddiy yordam puli va boshqa ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilganligi haqida soxta bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali 95,8 mln so‘m mablag‘larni talon-toroj qilganliklari fosh etildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ko‘ra, aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter