Namanganda bank boshqaruvchisi qo‘lga tushdi
Namangan viloyatida Uychi tumanida yashovchi 50 yoshli ayolning nomiga uning roziligisiz 15.460.000 so‘m kredit rasmiylashtirilgan. Ushbu pullar bank kartasiga tushirilganidan keyin shu zahoti boshqa bank kartasiga o‘tkazib olingan. Bu haqda u tegishli idoralarga ariza bilan murojaat qilib, aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi 27 yoshli B.B. sodir etganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, B.B. bank ish boshqaruvchisi lavozimida ishlab, xizmat vakolatidan foydalangan holda fuqaro S.N.ning shaxsiy ma’lumotlari orqali uning nomiga kredit rasmiylashtirib, pullarni noqonuniy o‘zlashtirgan.
Jinoyat sodir etgan B.B. O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, B.B. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter