Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ-4618-son, 26.02.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2020 yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring