Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborak hokimi ishdan olindi

Muborak hokimi ishdan olindi

Foto: Daryo

Qashqadaryoning Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev lavozimidan ozod etildi, bu haqda 18-aprel kuni viloyat rahbari Zoir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda e’lon qilingan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, tuman hokimi vazifasini bajarish Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklatilgan.

Narziyev shu vaqtgacha Jovliyevning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Muborak hokimi G‘ayrat Jovliyevning lavozimdan ozod qilinishi sabablari ma’lum qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring