Moliya vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
Eshchanov Adham Baxodirovich Moliya vazirligi Ta’lim, fan va madaniyat tarmoqlarida budjet siyosati Departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Adham Eshchanov 1988-yilda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tug‘ilgan.
Tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Innovatsion va raqamli iqtisodiyotni hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish departamenti direktori bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter