Milliy mass-media fondi va Vasiylik kengashida rahbarlar yangilandi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi va fond direktori o‘zgardi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov o‘z telegram-kanalida yozdi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimiga Nozima Davletova saylangan. Fond direktori lavozimiga esa Akramjon Fozilov tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter