Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya askarlari qasamyod qildi

Milliy gvardiya askarlari qasamyod qildi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarni harbiy va Milliy gvardiya qasamyodini qabul qildirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Muddatli harbiy xizmatchilar ota-onalari, do‘stu qarindoshlari oldida harbiy va Milliy gvardiya qasamyodida bitilgan muqaddas so‘zlarni tilga olib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga sodiqlikka, harbiy nizomlar talablarini, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga tantanali ravishda va’da berishdi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Akmal Rahmonov, Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi, senator Botir Matmuratov, O‘zbekiston yoshlar  ittifoqi Toshkent viloyati Zangiota tuman kengashi Sirojiddin Nosirov, Institut faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov, faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi podpolkovnik Abdumalik Madjitov, Institut rahbariyati, ofitserlar, muddatli harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari, matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimdan so‘ng Institut harbiy xizmatchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilarning oila a’zolari e’tiboriga Institut badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring