Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migrantlar masalalari bilan tashqi ishlar vazirligi jiddiy shug‘ullanadi

Migrantlar masalalari bilan tashqi ishlar vazirligi jiddiy shug‘ullanadi

Tashqi Ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirshohid Aslanov

Foto: XPK

Bugun, 25-yanvar kuni Xalqaro press-klubda «Davlat dasturi - 2018: Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichi» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham ishtirok etdi. Muxbirimizning «Oqto‘ba fojeasi butun xalqimiz qalbini titratdi. Albatta, davlat dasturi qabul qilib bo‘lingan, endi u o‘zgartirilmaydi. Ammo xorijdagi yurtdoshlarimiz, xorijga yo‘l olayotgan fuqarolarimiz masalalari bilan jiddiy shug‘ullanish vaqti yetmadimi? Tashqi migratsiya agentligining o‘zigina bu jarayonni to‘g‘ri qamrab ololmaydiku» degan savoliga Tashqi Ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirshohid Aslanov shunday javob berdi:

— Bu masalalar yillar davomida o‘z holiga tashlab qo‘yilganini tan olishimiz kerak. Tashqi Ishlar vazirligining konsullik bo‘limi shtat birligi uzoq yillardan buyon qisqartirib kelingan. Hozirda davlatimiz rahbari ko‘rsatmasi bilan xorijdagi yurtdoshlarimiz bilan ishlash bo‘yicha alohida dastur tuzildi. Tashqi migratsiya bo‘yicha ham qator rejalarimiz bor. Aynan mana shu masalada juda ko‘p savollar kelib tushayotgani uchun alohida anjuman tashkillashtirish va muhim savollarga javob berish mo‘ljallangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring