Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston orqali harakatlanadigan o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Qozog‘iston orqali harakatlanadigan o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatda kuzatilayotgan qor bo‘ronlaridan ogohlantirilmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.

Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslik so‘ralmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring