Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metro ostidagi yer maydonlari ijaraga beriladi

Metro ostidagi yer maydonlari ijaraga beriladi

Foto: «Xabar.uz»

«Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (291-son, 01.06.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent metropolitenining «Do‘stlik–Qo‘yliq» yer usti metro yo‘nalishi 1–5 bekatlari oralig‘idagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:

  • piyodalar va velosiped yo‘laklari;
  • avtoturargohlar;
  • aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar;
  • bolalar va sport maydonchalari.

Yer usti metro yo‘nalishlari ostida joylashgan tegishli yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilgan holda ularning yer usti metro yo‘nalishlari faoliyatiga ta’sir qilmaydigan qismi Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi.

Ushbu yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun E–Auksion elektron savdo platformasi orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyga teng ulushlarda bo‘lib to‘lash sharti bilan savdoga chiqariladi.

Auksion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va xizmat ko‘rsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob do‘konlari, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlari barpo etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring