Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MChJ rahbarining katta hiylasi fosh bo‘ldi

MChJ rahbarining katta hiylasi fosh bo‘ldi

Termiz tumanida xorijiy kredit liniyasi mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Sh.S.U.» MChJ rahbari G‘.R. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) Xitoy davlatining «SH.B&R.» kompaniyasidan haqiqiy bahosi 40 ming AQSh dollari bo‘lgan uskunani go‘yoki 300 ming AQSh dollariga sotib olishga kelishib, bankdan ajratilgan 260 ming AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli xorijiy kredit liniyasi mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring