Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matiz» yonayotganda odamlar videoga olish bilan band bo‘lgan

«Matiz» yonayotganda odamlar videoga olish bilan band bo‘lgan

Foto: «kruz.uz»

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida «Matiz» rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi. Shu hodisa yuzasidan IIBB tomonidan KRuz.uz muxbiri Shuhrat Saidahmadovga ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, 10-may kuni soat 10:03da Ellikqal’a tumani, Guliston OFY hududida yashovchi D.J ga tegishli bo‘lgan «Matiz» avtomashinasi o‘z-o‘zidan yonib ketgan. Yong‘in natijasida mashinaning motor, salon, eshiklari hamda salon ichidagi hujjatlarga zarar yetgan. Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 6 daqiqada o‘t o‘chirilgan.

Matizning yonib ketishiga elektr simlarining qizib ketishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.

QR YoXB katta muhandisi, leytenant A.Abdiraxmanovning so‘zlariga ko‘ra, «Matiz» tutab, yona boshlaganda atrofdagi odamlar telefonda videoga olish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Hech kim «101»ga o‘z vaqtida xabar bermagan. Abdiraxmanovning ta’kidlashicha, agar o‘z vaqtida xabar berilganida talafot unchalik katta bo‘lmas edi. Sababi, YoXB 1 km ga yetmaydigan masofada bo‘lgan. Odamlar esa yong‘in haqida xabar berish o‘rniga videoga olib turavergani sababli zarar miqdori kattalashib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring