«Farg‘onada «Matiz»da homilador ayol yonib ketdi» — voqeaga Bosh prokuratura munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada erkak homilador ayolini mashinaga solib yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
24-yanvar kuni soat 19:55 larda olingan xabarga ko‘ra, Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesi Marg‘ilon ko‘chasi «Neftchi» stadioni oldida «Matiz» avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Tekshiruv davomida yong‘in oqibatida avtomashina ichidan ayol jinsiga mansub kuygan holdagi murda aniqlangan.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi rahbariyati boshchiligida tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, sodir etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter