Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari ishdan ketdi
23-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Gulnoza Rahimova o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan. MSKning navbatdagi majlisida shu masala ko‘rilgan.
Uning o‘rniga Mahmudjon Istamov rais o‘rinbosari lavozimiga saylangan. U bungacha Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, yig‘ilishda Saylov kodeksi qabul qilingani munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasining bir qator nizom va yo‘riqnomalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan. Ularning o‘rniga 2 ta yangi nizom tasdiqlangan:
- “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
- “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Eslatib o‘tish kerak, 2019-yil dekabr oyida Oliy Majlis, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter