Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan saqich va shirinliklar tarqatilayotgani rostmi? IIBB izohi

Maktablarda tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan saqich va shirinliklar tarqatilayotgani rostmi? IIBB izohi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 60-sonli va 110-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan saqich va shirinliklar tarqatilayotganligi haqidagi audioxabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur xabarlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB mas’ullari tomonidan ushbu maktablarga borib o‘rganish o‘tkazildi va bu kabi holatlar qayd etilmagan. 

«Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Ular tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida turli xil salbiy holatlarni, shuningdek giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki snyus kabi moddalarni iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Hurmatli ota-onalar! Agar siz farzandingizda biror o‘zgarish sezsangiz yoki shunga o‘xshash holatlardan shubhalansangiz, bu haqida darhol huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi IIBB taqdim etgan ma’lumotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring