Kun fotosi: Ramatov, Yo‘ldoshev va Bobojonov Aydar-Arnasoy hududida
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash va ekoturizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha prezident tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir guruh mas’ul rahbarlar mazkur hududga yetib keldi.
Ko‘llar hududida turistik-kurort zonalari tashkil etish, baliqchilikni rivojlantirish, kreditlash va bu boradagi loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari hal etilmoqda. Shuningdek, Aydar-Arnasoy hududidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha maxsus dastur qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter