Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilboy Ramatov va qator amaldorlarga «hayfsan» berildi

Ochilboy Ramatov va qator amaldorlarga «hayfsan» berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident yig‘ilishi davom etmoqda. 

«Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol bo‘yicha xulosalarimni qildim.

Ichki ko‘chalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerak-mi?» – davom etdi Prezident.

Hududlarga so‘nggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning o‘zida 12 trillion so‘m berilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman hokimining 6-7 nafar o‘rinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, «O‘zbekneftgaz» raisi M.Abdullayev, «Issiqlik elektr stansiyalari» raisi F.Abduraxmanov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» raisi D.Isakulov, «Hududiy elektr tarmoqlari» raisi U.Mustafoyev, «O‘ztransgaz» raisi B.Normatov, «Hududgazta’minot» raisi B.Eshmurodovga «hayfsan» berildi.

«Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz to‘g‘ri tushunib, norozi bo‘lmas edi», dedi Prezident.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring