Shavkat Mirziyoyev ikkita viloyat hokimiga «hayfsan» berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki ob’yektlarini xususiylashtirish borasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati qoniqarsiz ekanini ta’kidladi.
Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablag‘lar ko‘rsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki ob’yektlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.
Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin bo‘sh ob’yektlar sotilmasdan turibdi.
Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun «hayfsan» e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter